29/03/2021

O'zbekistonda global pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish, aholida kasalliklarga qarshi immunitet tizimini shakllantirish va sog'lom ovqatlanish targ'ibotini sog'lom turmush tarzi garovi sifatida kuchaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

sportichi1290321

Ma'lumki, hukumat tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini ta'minlash bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

sportichi2290321

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi davlat statistika idoralari tizimida ommaviy sportni, sog'lom turmush tarzini va sog'lom ovqatlanishni yanada rivojlantirishga ko'maklashish bo'yicha qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

sportichi3290321

Xususan, 2020- yil 13- oktabr kuni Davlat statistika qo'mitasida "Ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish chora-tadbirlari dasturi" ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu dastur doirasida Markaziy apparat va hududiy boshqarmalar xodimlari o'rtasida har shanba kuni mini-futbol, basketbol, haftasiga 3 marta gimnastika, stol tennisi bo'yicha mashg'ulotlar o'tkaziladi. Bundan tashqari, tizim xodimlari o'rtasida piyodalar va velosiped harakatini targ'ib qilish ishlari olib borilmoqda.

sportichi4290321

Qo'mita markaziy binosida sport anjomlari bilan jihozlangan sport zali ta'mirlanib, sport bilan shug'ullanish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shuningdek, davlat statistika organlari tizimida sog'lom turmush tarzi, sog'lom ovqatlanishni targ'ib qilish bo'yicha bukletlar va boshqa axborot materiallari tayyorlanmoqda va tarqatilmoqda.

sportichi5290321

Shuningdek, muntazam ravishda markaziy apparat va hududiy statistika organlari xodimlari uchun seminarlar o'tkazilmoqda. Ommaviy sportni yanada rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, pandemiya sharoitida sanitariya qoidalariga rioya qilish bo'yicha malakali mutaxassislar jalb etilmoqda.

sportichi6290321

Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, Covid-19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech