05/04/2021

O'zbekistonda global pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish, aholida kasalliklarga qarshi immunitet tizimini shakllantirish va sog'lom ovqatlanish targ'ibotini sog'lom turmush tarzi garovi sifatida kuchaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

sportichi105042021

Ma'lumki, hukumat tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini ta'minlash bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

sportichi205042021

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi davlat statistika idoralari tizimida ommaviy sportni, sog'lom turmush tarzini va sog'lom ovqatlanishni yanada rivojlantirishga ko'maklashish bo'yicha qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

sportichi305042021

Xususan, 2021- yil 3- aprel kuni Davlat statistika qo'mitasi Markaziy apparati va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xodimlari o'rtasida futbol bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

sportichi405042021

Shuningdek, muntazam ravishda markaziy apparat va hududiy statistika organlari xodimlari uchun seminarlar o'tkazilmoqda. Ommaviy sportni yanada rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, pandemiya sharoitida sanitariya qoidalariga rioya qilish bo'yicha malakali mutaxassislar jalb etilmoqda.

sportichi505042021

Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, Covid-19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech