06/04/2021

Joriy yilning 6- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda videokonferensiya tashkil etildi.

Mazkur vebinarda Sanoat statistikasi boshqarmasi vakillari va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori boshchiligida professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

sanoatichi1060421

Dastlab, Sanoat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Jo‘raev Sardor Botirovich 2021- yilning yanvar–fevral oylari yakunlariga ko‘ra, mamlakatimiz sanoat ishlab chiqarish  holati bo‘yicha ma'lumot berib o‘tdi. Ma'ruzachining qayd etishicha, 2021- yilning yanvar–fevral oylarida respublika korxonalari tomonidan 55,3 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar–fevral oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajmi indeksi 101,0 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 78,8 % ni tashkil etdi.

sanoatichi2060421

Shundan so‘ng, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari mavzu yuzasidan savollar berishdi. Ularning aksariyati pandemiya mamlakatning sanoat ishlab chiqarish holatiga qanday ta'sir etgani xususida hamda sanoat sohasi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ko‘rsatadigan ta'siriga oid savollar bilan murojaat qilishdi. Savollarga qo’mita vakillari batafsil javob berishdi.

sanoatichi3060421

sanoatichi4060421

Bugungi pandemiya sharoitida hamda mamlakatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratayotgan e'tiborini inobatga olgan holda tashkil etilayotgan vebinar muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar uchun bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan onlayn uchrashuvlarni doimiy o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech