07/04/2021

Joriy yilning 6- aprel kuni Buxoro viloyati Kogon hamda Romiton tumani statistika bo`limi tomonidan Kogon tumani 9 - umumta'lim maktabi o‘qituvchi hamda Romiton tumani musiqa maktabi tarbiyachilari ishtirokida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o`tkazildi.

PEREPISSSichi107042021

Seminarda Kogon hamda Romiton tumani statistika bo`limi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi.

PEREPISSichi207042021

PEREPISSSichi307042021

Seminarda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.

PEREPISSSichi407042021

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.

Matbuot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech