12/04/2021

Joriy yilning 9- aprel kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasining majlislar zalida viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, OAV vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori yuzasidan statistika tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

PEREPISichi112042021

PEREPISichi212042021

Aholini ro`yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo`lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma`lumotlarni yig`ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e`lon qilishning yagona jarayoni hisoblanadi. Aholi to`g`risidagi ma`lumotlarning asosiy manbai hisoblanib, kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ko`rsatkichlarini baholash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlariga yordam berish bo`yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma`lumotlarni olish imkonini beradi.

PEREPISichi312042021

PEREPISichi412042021

Tadbirda, qaror yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

PEREPISichi512042021

PEREPISichi612042021

Tadbir yakunida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma boshlig‘i Melixodjayev Sanjarbek Obidxonovich hamda boshqarma boshlig‘ining o'rinbosari Raxmanov Baxrom Djamoliddinovich tomonidan atroflicha javob berildi. 

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech