2021- yilning 14- aprel kuni Samarqand viloyati iqtisodiyot va servis institutida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar bo`lib o`tdi.

perepisichi1150221

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi tomonidan tashkil qilingan seminarda soha mutaxassislari, institut o`qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

perepisichi2150221

Tadbirda, talabalarga aholini ro`yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o`rni, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "2023- yilda O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

perepisichi3150221

Yig‘ilishda ta'kidlanganidek, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

perepisichi4150221

Aholini ro‘yxatga olishda har bir fuqaroning ma'lumotlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumoti, uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi, bandligi, daromad manbalari kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha batafsil ma'lumot to‘planadi.

perepisichi5150221

Seminar yakunida talabalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Matbuot xizmati