16/04/2021

Joriy yilning 15- aprel kuni Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi "Amir Temur" mahalla fuqarolar yig‘inida multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha mediatur o‘tkazildi.

miksichi1160421

miksichi2160421

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida tashkil qilingan mazkur tadbirda, Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasining supervayzer va intervyuerlaridan iborat ishchi guruhi a'zolari OAV vakillarini multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) jarayoni bilan yaqindan tanishtirdilar.

miksichi3160421

miksichi4160421

miksichi5160421

Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining yashash sharoitlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shuningdek, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

miksichi6160421

miksichi7160421

miksichi8160421

Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.

Matbuot xizmati