Joriy yilning 19- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning onlayn tarzda texnik ko‘mak missiyasi boshlandi. Missiyaga XVJning Statistika departamenti mutaxassisi janob Brayan Graf boshchilik qilmoqda.

HVJichi1200421

Missiyaning asosiy maqsadi – Davlat statistika qo‘mitasining mas'ul mutaxassislari uchun “Ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasi” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishdan iborat.

HVJichi2200421

Tadbirda Davlat statistika qo’mitasidan Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig’i Umarov Muxtor boshchiligidagi markaziy apparat boshqarmasi xodimlari ishtirok etishmoqda.

HVJichi3200421

HVJichi4200421

Missiyani o‘tkazish dasturiga muvofiq, Davlat statistika qo'mitasi mas'ul xodimlari xalqaro tavsiyalar va ilg‘or tajribalarga e‘tibor qaratib, ishlab chiqaruvchilar narxlarini tuzishda foydalaniladigan tushunchalar va usullar haqida umumiy ma‘lumot berildi. Seminar doirasida munozaralar va interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazilib boriladi.

HVJichi5200421

Missiya ishi davom etmoqda.

Matbuot xizmati