22/04/2021

Joriy yilning 21- aprel kuni Samarqand viloyat statistika boshqarmasi, viloyat mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi hamkorligida press-tur tashkil etildi.

Samarqand tumanidagi “Chorshanba” MFY o‘tkazilgan press-turda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

perepisichi1220421

Jumladan, tadbirda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

 Uchrashuvda statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shodmon Toshpo‘latov, boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Firdavs Shukurov hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand tumani filiali vakili Daniel Mixeev jurnalistlarning savollariga batafsil javob berdi.

perepisichi2220421

Press-tur davomida yurtimizda 2023-yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlarining qay tarzda tashkil etilishi “Chorshanba” MFY misolida, amaliy tarzda tushuntirib berildi.

Shuningdek, tadbirda hukumat qarori asosida aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan puxta tayyorgarlik jarayoni xususida ham ma’lumotlar berildi.

perepisichi3220421

Tadbir so‘nggida mahalla faollari va ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob berildi.

 Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech