Joriy yilning 22- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida videokonferensiya tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Narx statistikasi boshqarmasi vakillari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.
Dastlab, Narx statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umarov Muxtor Turayevich O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiya holatini aniqlash va tahlil qilish haqida taqdimot o‘tkazdi.
Taqdimot davomida inflyatsiya va uni hisoblashda narx kuzatuvlarini tashkil qilish va o‘tkazish borasida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘qituvchilari va talabalari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarda batafsil javob olishdi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishib oldi.
Matbuot xizmati


