Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning 3 oyida yirik korxonalar tomonidan 2,2 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 14,1 % ga oshgan.
Bu ko‘rsatkich:
2021- yilning yanvar oyida 559,3 ming tonna (o‘sish sur'ati 107,3%)
2021- yilning yanvar-fevral oylarida 1,3 mln. tonna (o‘sish sur'ati 118,4%)
Sement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyatida 41 %, Toshkent viloyati 40,5 % hamda Farg‘ona viloyati 9,6 % hissasiga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati



