Namangan viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Chust hamda Uychi tumanlari hokimligida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o`tkazildi.

PEREPISichi106052021

Seminarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Melixodjayev Sanjarbek Obidxonovich Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha viloyatda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berdi.

PEREPISichi206052021

PEREPISichi306052021

Shuningdek, tadbirda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.

PEREPISichi406052021

PEREPISichi506052021

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.


Matbuot xizmati