2021- yil 4–5- may kunlari Jeneva shahrida Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan atrof-muhitni baholash va monitoring qilish bo‘yicha ishchi guruhning 23-sessiyasi videokonferensaloqa tarzda o‘tkazildi.

qishloqichi106052021

Vebinarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Shovkat G‘ulomov ham ishtirok etdi.

qishloqichi206052021

Mazkur tadbirda Kavkaz, Markaziy Osiyo, Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Yevropa davlatlarining statistika idoralari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

qishloqichi306052021

Sessiyada ekologik baholash jarayonini muntazam ravishda qo‘llab-quvatlash uchun ekologiya bo‘yicha ma'lumotlar umumiy tizimining hisoboti tinglandi. 2030- yilgacha barqaror rivojlanish bo‘yicha kun tartibiga oid ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqildi.

qishloqichi406052021

Shuningdek, ekologik ma'lumotlar ustida ish olib borish, jumladan, umumiy Yevropa ekologik baholashni ishlab chiqish uchun yashil va sirkulyar iqtisodiyot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.

Matbuot xizmati