Joriy yilning 6- may kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Statistika ma’lumotlarining sifati va ishonchliligini oshirish”  mavzusida vebinar tashkil etildi.

vebichi1060521

Tadbirda qo‘mitaning Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv,  Statistika ishlarni tashkil etish va metodologiya boshqarmalari vakillari hamda hududiy statistika boshqarmalari rahbarlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

vebichi2060521

Vebinarda, Prezidentimizning 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, jumladan, kadrlar salohiyatini oshirish, qo‘mitaning quyi idoralari rahbar va xodimlari malakasini rivojlantirish masalasida so‘z yuritildi.

vebichi3060521

Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Mamadaliyev Odiljon Toirovich mavzu yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.

vebichi4060521

Shuningdek, tadbir davomida hududiy statistika boshqarmalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarda batafsil javob olishdi.

Matbuot xizmati