Joriy yilning 4–5- may kunlari Davlat statistika qo‘mitasida “HR tizimini joriy etish” mavzusida  o‘quv-trening kurslari tashkil etildi.

hrichi1070521

hrichi2070521

Mazkur treningni o‘tkazishdan maqsad – 2020- yilning 1- iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini rivojlantirish, sohada mutaxassis-kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashdir.

hrichi3070521

Ushbu o‘quv kurslarida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘qituvchilari – Sanjar G‘oyipnazarov, Samandar Qurbonov, Dilnoza G‘aniyeva qo‘mita xodimlariga mavzu yuzasidan keng tushunchalar berdi.

hrichi4070521

hrichi5070521

Jumladan, trening tinglovchilari “Korxona va tashkilotlarda HR tizimini joriy etish”, “Rekruting va rekrutment tushunchalari”, “2020- yildan so‘ng mehnat bozorida talab etiladigan yumshoq va qattiq ko‘nikmalar”, “Marketing va rekrutment jarayonlarining o‘zaro qiyoslanishi”, “HR mutaxassislari bilishi lozim bo‘lgan xodimlarning imtiyozlari” kabi mavzularda o‘z malakasini oshirdi.

hrichi6070521

Shuningdek, tinglovchilar “Nomzodlarni ishga qabul qilishdan oldin o‘tkaziladigan suhbat turlari”, “Onboarding” texnologiyasining darajalari”, “KPI tizimining ijobiy va salbiy jihatlari”, “Kouching va mentoring” singari zamonaviy metodik usullar bo‘yicha batafsil ma'lumotlar olishdi.

hrichi7070521

hrichi8070521

Trening davomida o‘qituvchilar tinglovchilar bilan statistika ma’lumotlarining sifati va ishonchliligini oshirish, milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalalarida fikr-mulohaza almashib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar haqida suhbatlashdi.

Matbuot xizmati