Davlat statistika qo‘mitasi va Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan “Iqtisodiy statistika ko‘rsatkichlarini diskret choraklar asosida hisoblash tajribasini joriy etish orqali choraklik milliy hisoblarni takomillashtirish” mavzusida texnik ko‘mak missiyasining yig‘ilishi boshlandi.
Onlayn tashkil etilayotgan tadbirlarda Xalqaro valyuta jamg‘armasi Statistika departamentining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha eksperti Levan Gogoberishvili hamda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari ishtirok etmoqda.
Ushrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonda qisqa muddatli iqtisodiy statistikani diskret davrlar bo‘yicha yig’ish, umumlashtirish va tahlil qilish amaliyotini joriy etish, shuningdek bu borada Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari tajribasini oshirishdan iborat.
Muzokaralar davomida tomonlar tarmoqlar statistikasi va milliy hisoblar ko‘rsatkichlarini diskret davrlar bo‘yicha hisoblashni joriy etish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
Texnik kumak missiyasi o‘z ishini shu 28- mayga qadar davom ettiradi.
Matbuot xizmati



