Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Yangihayot tumanidagi mahallalarda hasharlar tashkil etmoqda.
Jumladan, mahalladagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar hashar yo‘li bilan tozalandi.
Shuningdek, mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi. Ishchi guruhi tomonidan tumandagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlariga kompyuter jamlanmalari berildi.
Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Matbuot xizmati








