O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.perepisichi1280521

Joriy yilning may oyida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish o`tkazilishi ko`zda tutilgan 4 ta hududda uy-joy ro`yxаtini tuzuvchilar tomonidan o’z hududini xatlovdan o’tkazish davomida respondentlar yashaydigan, vaqtincha bo’lib turgan yoki yashashi mumkin bo’lgan barcha binolar ro’yxatini aniqlash va kartografik materiallarni tekshirish, ularga tegishli belgi qo’yish yuzasidan ishlar tashkil etilgаn.perepisichi2280521

perepisichi3280521

Shu kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich hududlarda sinov tariqasida o‘tkaziladigan aholini ro`yxatga olish tadbirlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishmoqda.perepisichi4280521

Jumladan, M.Ziyadullayev Xiva shahrida sinov tariqasida o‘tkaziladigan aholini ro`yxatga olish tadbirlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari mazkur jarayonga mas’ul xodimlarga aholini ro‘yxatga olish ishlarida qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berdi.perepisichi5280521

Maxmudjon Ziyadullayev tumanlardagi mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tayyorlanadigan xaritalarda mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlari va qishloq aholi punktlarining chegarasini aniq ko‘rsatish, ularning chizma rejalarini qog‘oz va elektron shaklda tayyorlash, ko‘cha nomlari, turar va noturar joylar maxsus belgilar bilan ajratish kerakligini ta’kidladi.perepisichi6280521

perepisichi7280521

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma'lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Matbuot xizmati