BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevrostat, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Xalqaro valyuta jamg'armasi, BMTning statistika bo'limi hamda Jahon banki hamkorligida “Milliy hisoblar tizimi – 2008: yangilash va milliy hisoblar ma'lumotlarini o'z vaqtida va batafsil takomillashtirish” mavzusida videokonferensiya tashkil etildi.
Mazkur onlayn yig‘ilishda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan xalqaro ekspertlar milliy hisoblar tizimi bo‘yicha so'nggi yangiliklarni muhokama qilishdi.
Davlat statistika qo‘mitasidan Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo`limi boshlig‘i Mamadjanov Abrorali Ashiraliyevich qatnashdi.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad – “Milliy hisoblar tizimi – 2008” ni yangilash bo'yicha xalqaro ekspertlar bilan o‘zaro fikr-mulohaza almashishdan iborat.
Seminarda “Milliy hisoblar tizimi – 2008”ni yangilash dasturlari taqdim etildi va to'lov balansi bo'yicha ko'rsatmalar, tavsiya va loyihalar haqida ma’limot berildi.
Shuningdek, ekspertlar raqamlashtirish sohasida mamlakatlarning tajribasi bilan bog'liq masalalar, raqamli jadval va resurslardan foydalanish, ekologik va iqtisodiy hisob-kitoblar, bepul aktivlar va xizmatlarni baholash kabi masalalar bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o'z mamlakatlari tajribasi bilan o'rtoqlashdi.
Matbuot xizmati


