2021- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha aholining umumiy daromadlari hajmida respublika tashqarisidan kelib tushgan pul o‘tkazmalarining ulushi 15,6 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng yuqori ulushi Samarqand (25,6 %) va Xorazm (21,8 %) viloyatlarida kuzatildi. Shuningdek, Andijon (21,2 %), Surxondaryo (21,1 %) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (18,7 %), Qashqadaryo (18,6 %), Namangan (17,7 %), Buxoro (16,9 %) va Farg‘ona (15,9 %) viloyatlarida respublika darajasidan yuqori ulushni tashkil etdi.
Matbuot xizmati


