2021- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, savdo sohasining O‘zbekiston Respublikasi YaIMdagi ulushi 7,9 % ni tashkil etdi.
2021- yilning yanvar-martida savdo tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri keldi va 68,8 % (2020- yil yanvar-martda – 68,4 %)ga yetdi.
Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ning ulushi 24,8 % (2020- yil yanvar-martda – 25,0 %)ni, avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi hamda ularni ta’mirlashning ulushi 6,4 % (2020- yil yanvar-martda – 6,6 %)ni tashkil qildi.
Matbuot xizmati


