Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi umumxalq xayriya hashari doirasida ishdan bo‘sh vaqtlarida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Sirdaryo”, “Turkiston” va “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida hasharlar tashkil etmoqda.bekobodichi1010521

Jumladan, boshqarma xodimlari mahalladagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar qo‘mita xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan tozalandi.bekobodichi2010521

bekobodichi3010521

Mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yonidagi bolalar maydonchasidagi o‘yin jihozlari va o‘rindiqlar turli ranglarda bo‘yalib, to‘liq ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.bekobodichi4010521

Shuningdek, mazkur mahalla fuqarolar yig’ini hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi.bekobodichi5010521

Ishchi guruhi tomonidan keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar va kam ta'minlanganlar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.bekobodichi6010521

bekobodichi7010521

“Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Matbuot xizmati