Latviya Markaziy statistika byurosi hamda Yevrostat bilan hamkorlikda “Raqamli texnologiyalar davrida ma'lumotlarning jamiyat uchun ahamiyatliligi” mavzusida videokonferensiya tashkil etildi.
Videokonferensiyada Davlat statistika qo'mitasidan Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdiqulov, Axborot xavfsizligi boshqarmasi boshlig'i Shahboz Djanadilov, Statistika registrlarini yuritish va tizimli xizmat ko'rsatish boshqarmasi boshlig'i Nurbek Sheraliyev va Ro'yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i o'rinbosari Jamshid Eshniyazov ishtirok etdi.
Ushbu onlayn tadbirni Yevrostat bosh direktori Mariana Koseva kirish so'zi bilan ochib berdi. So‘ngra, Latviya Markaziy statistika byurosi tajribasi taqdim etildi. Bu tajriba asosida aholi va uy-joylarni ro'yxatga olishga bo'lgan yondashuvni butunlay o'zgartirib, aholini ro'yxatga olish ma'lumotlarini an'anaviy yig'ishdan registrlar orqali ro'yxatga olishga o‘tkazildi.
Shuningdek, ishtirokchilar Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo mamlakatlarida statistika sohasi va tajribasi haqida fikr-mulohaza almashdi.
Tadbirda, doktor Li-chun Chjan, Sautgempton universiteti ijtimoiy statistika professori Ekaterina Matsuka, Latviya Respublikasi Davlat ma'lumotlar inspeksiyasi direktori, doktor Domantas Yasilionis, demografik tadqiqotlar bo'yicha Maks Plank instituti ilmiy xodimi va boshqalar taqdimot qildi.
Taqdimot so‘ngida "Ro'yxatga olishning muqobil usuli" hakatoni g'olibini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Matbuot xizmati


