O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020- yil 3- avgustdagi PQ- 4796- son qaroriga, shuningdek, milliy statistika strategiyasini amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi» ga muvofiq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi statistikani takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan.uslugichi1020621

Xususan, Davlat statistika qo'mitasi «Yo'l xaritasi» da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda AKT sohasidagi statistikani takomillashtirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.uslugichi2020621

Uchrashuvda, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari, «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» direktori o'rinbosari, «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki» direktori ishtirok etdi.uslugichi3020621

uslugichi4020621

Tadbirda, Davlat statistika qo'mitasi tomonidan Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig'i Mirzaxidov Abdugafir boshchiligidagi Markaziy apparat boshqarma boshliqlari hamda xodimlari qatnashdi.uslugichi5020621

Uchrashuvda mutaxassislar AKT infratuzilmasini rivojlantirish, AKT ishlab chiqarish sektorini rivojlantirish, AKT xizmatlari tariflari, metodologiyani takomillashtirish va AKT malumotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish masalasini muhokama qildi.uslugichi6020621

Tadbir yakunida tomonlar yaqin hamkorlikni davom ettirishga va qo‘yilgan vazifalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar.

Matbuot xizmati