2021- yil 8- iyun kuni videokonferensaloqa tarzida Markaziy Osiyoda “Energiya – suv va yer resurslari”ning noyob o'zgarishlariga bag'ishlangan mintaqaviy seminar bo'lib o'tdi.
Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad – resurslarning xavfsizligi va barqarorligiga erishish, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy rivojlanishiga ko'maklashish uchun Neksus bilan bog'liq dars va imkoniyatlarni o'rganishdir.
Yig'ilishda, O'zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari, ilmiy-tadqiqot hamjamiyati vakillari, parlament a'zolari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Davlat statistika qo'mitasidan seminarda, Sanoat statistikasi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari - Adham Abdullayev va Ekologiya va chiqindilardan foydalanish statistikasi sho`basi mutaxassisi Oybek Bobojonov ishtirok etdi.
Ishtirokchilar “Markaziy Osiyoda “Energiya – suv va yer resurslari”ni neksus o‘zgarishlar sohasida mintaqaviy hamkorlikning afzalliklari” deb nomlangan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti siyosati masalalari bo'yicha hujjat loyihasini ko'rib chiqdilar.
Taqdimot yakunida ishtirokchilar hujjat loyihasini muhokama qilib, 2021- yil yakuniga qadar rejalashtirilayotgan "Siyosat masalalari bo'yicha yuqori darajadagi mintaqaviy muloqot" tadbirida ishtirok etish uchun siyosat masalalari bo'yicha takliflar ishlab chiqdilar.
Matbuot xizmati


