2021- yil 7–10- iyun kunlari O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi vakillari BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining xavfli hodisalar va tabiiy ofatlarni o'lchash bo'yicha maqsadli guruhi, Osiyo va Tinch okeani hududlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi hamda BMT tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tabiiy ofatlar statistikasini ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar uchun ekspertlar forumida ishtirok etmoqda.eskatoichi1100621

eskatoichi2100621

Forum – tabiiy ofatlar statistikasini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bo'yicha muntazam bilim va tajriba almashish uchun global platforma bo’lib, Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va Parij bitimi bilan aloqador Sendai framework dasturining monitoringi yuritishdan iborat.eskatoichi3100621

Tadbirda tabiiy ofatlar xavfini boshqarish organlari ekspertlari, Yevropa, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Osiyo mintaqasi Milliy statistika boshqarmalari, tegishli davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.eskatoichi4100621

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan forumda Notijorat tashkilotlar faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo`limi boshlig'i Xayrulla Hasanov hamda Barqaror rivojlanish statistikasi va ijtimoiy soha tarmoqlari bo'yicha yig'ma tahliliy axborotni shakllantirish bo'limi bosh mutaxassisi Ayjan Eraliyevalar ishtirok etmoqda.eskatoichi5100621

Forumda Italiya statistika milliy instituti vakili Angelli Ferrutsa, BMTning tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha boshqarmasi vakili Rahul Sengupta, Buyuk Britaniyaning Sog'liqni saqlash bo'yicha vakili Virjiniya Murray, BMTning Osiyo va Tinch okeani hududlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi vakili Maykl Nagy va boshqa xalqaro ekspertlar tomonidan taqdimotlar tinglandi.

Matbuot xizmati