11/06/2021

2021- yil 9–11- iyun kunlari Kanada statistika boshqarmasi raisligida videokonferensaloqa tarzida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi ishchi guruhining transport statistikasi bo'yicha seminar tashkil etildi

trans1

Yig'ilishning birinchi kunida ishchi guruh ekspertlari umumiy Eurostat, Xalqaro transport forumi hamda BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining so'rovnomalari orqali ma'lumotlarni to'plash metodologiyasini muhokama qildi. Transport bilan bog'liq barqaror rivojlanish maqsadlarini mintaqaviy va milliy darajada monitoring qilish, shuningdek, temir yo'l, suv va shahar jamoat transporti bo'yicha statistik ma'lumotlar to'plamlarini ko'rib chiqdi.

trans2

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosari Shuxrat Daliyev, Xizmatlar, transport va axborot infratuzilmasi sohasida tizimli statistik kuzatuvlar bo`limi  boshlig'i Alisher Rahimov hamda markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

trans3

Tadbir ishtirokchilari uch kun davomida BMTning aholi punktlarini barqaror rivojlantirishga ko'maklashish dasturi bosh direktori ma'ruzalarini, intermodal transport va logistika bo'yicha ishchi guruhning ma'ruzalarini, Kanada, Shveysariya, Eurostat, Italiya taqdimotlarini tinglab, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi mintaqasida avtomobil va temir yo'l transportini ro'yxatga olish va Covid-19 pandemiyasini hisobga olgan holda transport hajmini ko'rish uchun yangi tavsiyalar ishlab chiqadi.

trans4

trans5

Shuningdek, Yevropa, Amerika, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Osiyo mintaqasidagi 30 dan ortiq mamlakat ekspertlari 2030- yilgacha ichki transport bo'yicha qo'mitaning strategiyasini amalga oshirish rejasi va transport statistikasi uchun gender ma'lumotlarini ko'rib chiqadi.

 

Matbuot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech