16/06/2021

Buxoro va Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida Davlat statistika qo‘mitasi  Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha tadbir o‘tkazildi.

Perepisichi116062021

Perepisichi216062021

Tadbirda, 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish, bu jarayonda foydalanish uchun zarur bo‘ladigan kartografik materiallarning tayyorlanish holatini o‘rganish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza bildirildi.

Perepisichi316062021

Perepisichi416062021

Yig‘ilish davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, tayyorlanadigan xaritalarda mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlari va qishloq aholi punktlarining chegarasini aniq ko‘rsatish, ularning chizma rejalarini qog‘oz va elektron shaklda tayyorlash, ko‘cha nomlari, ko‘p qavatli uylar va hovlilar, turar, noturar joylar maxsus belgilar bilan ajratish kerakligi ta’kidlandi.

Perepisichi516062021

Perepisichi616062021

Tadbir so‘nggida viloyatda 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan komissiya aʼzolariga tegishli topshiriqlar berildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech