2021- yilning 1- iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 446 566 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 92 351 tani (20,7 foiz) tashkil qildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 12 968 ta
Farg‘ona viloyati – 11 242 ta
Qashqadaryo viloyati – 9 927 ta
Surxondaryo viloyati – 7 389 ta
Namangan viloyati – 7 325 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 35 751 ta
sanoatda – 16 407 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 8 033 ta
qurilishda – 7 766 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 693 ta
Matbuot xizmati



