Joriy yil 15–17- iyun kunlari videokonferensaloqa tarzida Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) tomonidan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning a'zo mamlakatlarining milliy statistika idoralari uchun milliy statistika tizimlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.sesrikichi1

Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistika bo‘limi, XXI asrda rivojlanish bo‘yicha statistika sohasidagi hamkorlik (PARIJ 21) va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YEIK) hamkorligida o‘tkazildi.sesrikichi2

Tadbirda xalqaro ekspertlar – Gambiyaning statistika byurosi bosh statistiki Nyakassy M. B. Sanyang, SESRIC bosh direktorning yordamchisi Fadi Farasin va BMTning statistika bo‘limi mintaqalararo maslahatchi Gabriel Gamez ishtirok etdi.sesrikichi3

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig'i Dilshod Zakirov qatnashdi.

Mazkur yig‘ilishda ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda milliy statistika idoralarini muvofiqlashtirish bilan bog'liq mavzularni muhokama qilishdi.sesrikichi4

Tadbir davomida “Rasmiy statistika va milliy statistika xizmatlari: asosiy tushunchalar va tamoyillar”, “Milliy statistika xizmatlarida yetakchilik mahorati va muvofiqlashtirish” hamda “Ma'lumotlarni boshqarish masalalari” mavzularida taqdimotlar namoyish qilindi.sesrikichi5

Taqdimotlar orqali Misr Davlat statistika markaziy agentligi, Indoneziya statistika byurosi, Maldiv orollari milliy statistika byurosi, Falastin markaziy statistika byurosi va boshqa davlat statistika idoralari misolida milliy statistik tizimlarni muvofiqlashtirish tajribasi o‘rganildi.sesrikichi6

Seminar yakunida ishtirokchilar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Matbuot xizmati