Prezidentimiz boshchiligida 2020-yil 1- iyun kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Mazkur grafik asosida 2020- yildan buyon tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etib kelinmoqda.
Joriy yilning 17- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi tomonidan “Ko‘rsatilgan xizmatlarning statistik hisobi bo‘yicha uslubiy nizom tahlili” mavzusida tashkil etilgan navbatdagi videokonferensiya ham tizim xodimlarining salohiyatini oshirishning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Mirzaxidov Abdugafir Yuldashevich xizmatlar sohasidagi masalalari yuzasidan o‘z takliflarini berib o‘tdi.
Videokonferensiyada qo‘mitaning Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi va hududiy statistika boshqarmalarining Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.
Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.
Matbuot xizmati


