Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq, joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlari amalga oshirildi.

2022- yilning o‘tgan 8 oyi davomida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, aniqrog‘i, 65,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra Toshkent viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 14 538,7 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,4 % ga o‘sdi.

2022- yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 971,9 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni (14 706 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida avtomobil transporti xizmatlari bo‘yicha Qashqadaryo (9,7 %), Surxondaryo (8,6 %), Namangan (8,5 %), Andijon (8,4 %) va Navoiy (8,4 %) viloyatlarida, shuningdek, Toshkent  shahrida (8,4 %) yuqori o‘sish kuzatildi.

2022- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 1 282,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 9,8 % ga o‘sdi.

Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Murodjon Xabibullayev ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

2022- yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 3 226,7 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 61 235 tani tashkil etgan.

2022 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 655 mln. AQSh dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.

2022 yilning 1- yanvar holatiga respublikamizdagi ta'lim tashkilotlarida jami 685,4 ming nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda.

2022-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatga qiymati 20,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 53,5 mingta kondisioner eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning asosiy qismi ishlab chiqarish sanoatida jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 30,2 % ni, elektr energiyasi, gaz, bug‘ va konditsiyalangan havo faoliyatida - 12,6 %, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida– 9,0 %, ulgurji va chakana savdo -
8,6 %, qurilish – 2,5 % va boshqa faoliyat turlarida -37,1 % ni tashkil etdi.

Toshkent viloyatida 2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAHMdagi ulushi 45,1 % ni tashkil etdi,

2022- yilning yanvar-avgust oylarida, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 26,6 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 4,3 % punktga kamaydi.

2021/2022- o‘quv yili boshida 27 ta oliy ta’lim tashkiloti va 8 ta kollejda turizm sohasi uchun mutaxassislar tayyorlanmoqda.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida jami 6,3 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.