Qo`mita yangiliklari

2022- yil 1- yanvar holatiga koʻra, avtomat telefon stansiyasiga ulangan xonadonlar boʻyicha Toshkent shahri yetakchi oʻrinni band etgan

2022- yil 1- yanvar holatiga koʻra, respublika boʻyicha 1 808 ta pochta aloqa boʻlimlari mavjud boʻlib, shulardan 450 tasi shahar joylarda (jamiga nisbatan 24,9 %)  va 1 358 tasi esa qishloq (75,1 %)  joylarda faoliyat yuritadi.

Oʻzbekistonga qoʻshni MDH aʼzosi hisoblangan mamlakatlar orasida 2022-yilning yanvar-aprelida eng yuqori inflyatsiya darajasi Qozogʻiston Respublikasida 7,3 % darajasida kuzatildi. Qirgʻiz Respublikasida ushbu davrda inflyatsiya darajasi 7,1 % ga yetgan.

   O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-may holatiga debitor qarzdorlik umumiy hajmi 180311,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p debitor qarzdorlik Toshkent shahrida – 99093,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 2022 yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, jismoniy mashg‘ulotlar bilan bir kunda bir soatdan kam shug‘ullanuvchilar 84,7 % ni tashkil etdi, bir soat shug‘ullanuvchilar – 11,1 % ni, bir soatdan ortiq shug‘ullanuvchilar esa – 4,2 % ni tashkil etdi.

MDHga aʼzo davlatlar statistika xizmatlari tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, 2022- yilning aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining eng yuqori oʻsish surʼati Moldova Respublikasida 5,7 % darajasida qayd etildi.

2022- yilnig yanvar-may oylarida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo`yicha amalga oshirildi.

  O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 28340,5 milliard so‘mni tashkil qildi.

2022- yil yanvar-may oylarida hududlarda davlat mulkchilik shakli bo‘lgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Xorazm viloyatida  kuzatilib, mazkur hududda bajarilgan umumiy qurilish ishlari hajmining 6,2 % ini tshkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, haftada bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan uy xo‘jaliklari a’zolarining ulushi 33,9 % ni tashkil etdi

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha 133,7 km suv tarmog‘i ishga tushirilib, ularning 70,6 % qishloq joylarga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra Samarqand viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2 496,3 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 % ga o‘sdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2018- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 178,8 foizni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha jami 1290 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan maktablar ishga tushirilib, ularning 32,6 % i qishloq joylar hissasiga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 20,5 mlrd. AQSH dollariga teng boʻldi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublika boʻyicha ilk bor oila qurayotgan ayollarning oʻrtacha yoshi 22,3 yoshni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston qiymati 335 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 615,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 44 ming tonnaga oshgan.