Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida haftada bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan uy xo‘jaliklari a’zolarining ulushi 24,7 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida  Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar:

2022- yilning yanvar-avgust oylarida nashriyotchilik xizmatlarining yuqori o‘sishi Navoiy (33,6 %), Andijon (24,5 %), Toshkent (23,3 %), Surxondaryo (19,0 %) viloyatlarida  va Toshkent shahrida (19,2 %) kuzatildi.

Joriy yilning avgustida avtotransport vositalari uchun metan narxi oʻtgan yilning avgust oyidagi darajada boʻldi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida YAHM 17 222,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu esa 2021- yilning yanvar-iyun oylari ma’lumotlariga nisbatan 6,6 % ga ko‘pdir.

2022- yil 1- yanvar holatiga koʻra,  Oʻzbekiston Respublikasida jami 2168392 ta eksponatlar mavjud boʻlib, shundan 387038 tasini (17,8 %) arxeologiya buyumlari tashkil qiladi.

2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan veterinariya xizmatlari hajmi 2022- yilning yanvar-avgust oylarida 15 890,6 mln. so‘mga oshib, 63 050,0 mln. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida YAHM hajmi 7 692,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 5,7 % ga ko‘paydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 491,7 ming dona sovutgich va muzlatgichlar ishlab chiqarilgan boʻlib 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 140,5 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning avgustida mebellar narxlari oʻtgan yilning dekabriga nisbatan oʻrtacha 7,3 % ga oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 568,9 ming tonna suyultirilgan propan va butan ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 109,7 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda joriy yilning yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning 1- iyul holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha, eng kam sogliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 9  396 ta yoki jami faoliyat ko‘rsatayotganlarning 1,9  % ni tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 608,2 ming t. donli ekinlar (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 117,6 %), 103,5 ming tonna kartoshka (101,7 %), 162,9 ming tonna sabzavotlar – (100,4 %), 35,6 – ming tonna poliz (105,5 %), 53,1 – ming tonna meva (101,2 %) va 6,9 – ming tonna uzum (109,5 %) yetishtirildi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida Buxoro viloyatida bino va inshootlarni qurish  bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari  ulushi 8,4 % ni tashkil etib, 2021- yil yanvar-iyuldagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,8 % punktga kamaydi.

2022-yilning yanvar - iyun oylarida Farg‘ona viloyatida tijorat banklar kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 493,0 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 6,9 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 421,6 ming t. donli ekinlar (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 97,0 %), 11,7 ming tonna kartoshka (112,8 %), 60,7 ming tonna sabzavotlar – (104,0 %), 8,8 – ming tonna poliz (115,6 %), 16,7 – ming tonna meva (105,4 %) va 0,7 – ming tonna uzum (101,3 %) yetishtirildi.

2022- yilning 1- sentabr  holatiga ko‘ra  jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 571 332 tani tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43 479 taga oshib, o‘sish sur’ati 108,2 foizni tashkil etdi.