Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-iyul oylarida Jizzax viloyatida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 5,6 % ni tashkil etib, 2021- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,6 % punktga ko‘paydi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 5039,5 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1500 ta kitob va risolalar chop etilgan bo‘lib, shulardan Toshkent shahri  (1279 ta) viloyatlarda yetakchilik qilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida uy xo‘jaliklari a’zolari jismoniy mashqlar bilan bir kunda bir soatdan kam shug‘ullanuvchilar ulushi 69,1 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida transport sohasida eng katta bozor xizmatlari qayd etildi - 1 702,9 mlrd. so'm.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Andijon viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 519,4 ming t. donli ekinlar (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 101,4 %), 186,9 ming tonna kartoshka (110,5 %), 578,3 ming tonna sabzavotlar – (101,6 %), 22,4 – ming tonna poliz (116,6 %), 244,6 – ming tonna meva (103,5 %) va 1,5 – ming tonna uzum (110,5 %) yetishtirildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YAHM hajmi 32 149,8 mlrd. so‘mga yetdi va o‘sish 6,4 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 768,8 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra respublikamizda jami 349 948 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning avgust oyida kimyoviy tozalash xizmatlari respublika boʻyicha oʻrtacha 1,0 % ga qimmatlashdi.

     O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-iyul holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 13,9 birlikni tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida, Buxoro viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatida jami 976,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Joriy yilning avgust oyida tovuq goʻshti 0,4 % ga arzonlashdi.

2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida haftada bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan uy xo‘jaliklari a’zolarining ulushi 29,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar–avgust oylarida respublika boʻyicha qayd etilgan nikohdan ajralishlarning 293 nafarini 4 nafar va undan koʻp farzandlilar tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 579,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,9 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 7,8 % ga yetdi va o‘tgan yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 0,2 foiz punktga kamayganligi hamda 2018- yilning mos davriga nisbatan 1,foiz punktga oshganligi kuzatildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Farg‘ona viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 85,8 ming t. go‘sht (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 102,6 %), 490,8 ming tonna sut (101,3 %), 268,4 mln. dona tuxum – (101,2 %), yetishtirildi va 3 231 t. baliq (113,9 %) ovlandi.