Qo`mita yangiliklari
02/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar - sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra Xorazm viloyatida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 79,4 % ni tashkil etdi. Shundan 22,7 % bir bolali, 29,8 % ikki bolali, 20,6 % uch bolali hamda 6,3 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan. 20,6 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.
Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 19,1 % ni tashkil etdi yoki 14742,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2020- yilning yanvar- sentabr oylariga nisbatan 115,6 % ni tashkil etdi.
2020- yilda Toshkent viloyatida umumiy xizmatlar tarkibida savdo xizmatlari ulushi eng yuqori – 34,1% yoki 5 607,2 mlrd. so'm bo'ldi.
2020/2021- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchi xodimlari soni 32 070 nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda, 6963 nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.
2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymati tarkibi qanday?
02/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 27,6 % ni tashkil etdi.
Oʻzbekiston raqamlarda statistik to‘plamida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar chop etilgan.
01/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar - sentabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil import qilgan asosiy davlatlar.
So‘ngi 5 yillikda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik subyektlari soni
01/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari jami tadbirkorlik subyektlaridagi ulushi 7,1 foizni (soni 475 349 ta) tashkil etdi.
2020/2021- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari soni 127 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning hududlar bo‘yicha soni quyidagicha.
01/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida Respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 16,9 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi.
01/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra Toshkent shahri 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 58,9 % ni tashkil etdi,
01/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilda Farg‘ona viloyatida umumiy xizmatlar tarkibida savdo xizmatlari ulushi eng katta – 33,9 % yoki 4 638,7 mlrd. so‘m bo‘ldi.
01/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilda kichik korxona va mikrofirmalarning ovqatlanish bilan ta’minlash bo‘yicha tovar aylanmasi hajmi 3242,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Joriy yilning 30- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi 2020- yil 2- iyundagi PF-6003- son Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy statistika boshqarmalari mas’ul xodimlari uchun “Statistika salohiyati indeksi” mavzusida vebinar tashkil etildi.
01/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati 135,2 % ga o‘sib, Xorazm viloyatida kuzatildi.
01/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 3875,0 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 73015,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 5,0 % va 95,0 % ni tashkil etdi.
01/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 3,5 foizni (soni 18 723 ta) tashkil etdi.
01/11/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 6 346,5 ming tonna – don va dukkakli don ekinlari, 7 803,8 ming tonna – sabzavot, 2 485,6 ming tonna –kartoshka, 1 436,7 ming tonna –poliz, 2 070,7 ming tonna – meva va rezavorlar hamda 1 313,7 ming tonna –uzum yetishtirildi.
876-sahifa 1015 dan


