Qo`mita yangiliklari
28/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil yanvar- sentabr oylarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi, qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari xodimlarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari (keyingi o‘rinlarda – o‘rtacha oylik ish haqi) har bir iqtisodiy faoliyat turlarida turlicha farqlanadi.
28/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra Samarqand viloyatida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 83,1 % ni tashkil etdi, shundan 20,9 % bir bolali, 28,9 % ikki bolali, 23,5 % uch bolali hamda 9,8 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan. 16,9 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.
28/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yilda kichik korxona va mikrofirmalarning ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 96636,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
2020/21- o‘quv yili boshiga mamlakatimizdagi umumta’lim muassasalarida ta‘lim olayotgan 10-11- sinf o‘quvchilar soni 885,3 ming nafarni tashkil etgan.
28/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar - sentabr oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,8 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.
28/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 118,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 3919,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 2,9 % va 97,1 % ni tashkil etdi.
28/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida Respublika bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 0,9 % ni tashkil etdi.
2020- yilda Sirdaryo viloyatida umumiy bozor xizmatlar tarkibida savdo xizmatlarining ulushi eng katta bo‘lib, 30,0 % yoki 991,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Respublikamizda 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 106,1 trln. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 105,4 % ni tashkil etdi.
Oʻzbekiston demografik yillik toʻplamida - Oʻzbekiston Respublikasidagi demografik holatni ifodalovchi koʻrsatkichlar, jumladan ma’muriy-hududiy boʻlinishi, aholi soni, aholining jinsi va yosh tarkibi, hududlar boʻyicha taqsimlanishi, tugʻilish va oʻlim, nikoh va ajrimlar soni hamda aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar berilgan.
27/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 27- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2021- yil III chorak yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi belgilangan.
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 106,1 trln.so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 105,4 % ni tashkil etdi. yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,6 % ni tashkil qildi.
27/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida, Andijon viloyatida jami 4038,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati2020- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 111,0 % ni tashkil etdi.
27/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Respublika bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 9,5 % ni tashkil etdi.
27/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra Namangan viloyatida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 79,6 % ni tashkil etdi, shundan 24,8 % bir bolali, 27,1 % ikki bolali, 19,6 % uch bolali hamda 8,1 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan. 20,4 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.
27/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 43 ta xorijiy davlatlarga qiymati 105,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 140 ming tonna uzum eksport qilgan.
27/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020/2021- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda Umumta’lim muassasalari 1-4-sinf o‘quvchilarining jami soni 2504,0 ming nafarni tashkil etib, ulardan 1206,8 ming nafari (48,2 %) qizlar va 1297,2 ming nafari o‘gil bolalar (51,8 % ) dan iborat.
880-sahifa 1015 dan


