Qo`mita yangiliklari
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi YAIM hajmi joriy narxlarda 519 825,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 6,9 % ga o‘sdi. YAIM deflyator indeksi 2020- yilning yanvar-sentabridagi narxlariga nisbatan 113,5 % ni tashkil etdi.
Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2021- yil yanvar-sentabr oylari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (YAHM)ni dastlabki baholash ishlari amalga oshirildi.
25/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 70,1 % i yoki 53896,6 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.
25/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yil yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha sanoat tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati 5 373,8 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2016- yilga nisbatan 9,6 % ga o‘sdi.
25/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi – 54,5 % yoki 3022,9 mlrd. so‘m.
2021- yil 21-22- oktabr kunlari videokonferensaloqa rejimida transport statistikasi bo'yicha xalqaro transport forumining 7- yig'ilishi bo'lib o'tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
2021- yil yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 76 471 ta bo‘lib, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 472 273 tani tashkil etgan.
25/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yil yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha sanoat tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati 1 933,5 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2016- yilga nisbatan 34,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 9,1 % dan 10,9 % gacha oshdi.
2020- yil yakunlariga ko‘ra Respublika bo‘yicha toksik va notoksik chiqindilar hosil qiladigan tashkilotlarda hosil bo‘lgan jami chiqindilar miqdori 125,6 mln. tonnani tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 86836,5 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 53,0 % ini tashkil etdi, qurilish montaj ishlari bo‘yicha 68043,5 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 41,5 %) va boshqa xarajatlarga 9053,8 mlrd. so‘m (5,5 %) o‘zlashtirildi.
25/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 472 273 tani tashkil etib, 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan.
25/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 3875,0 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 73015,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 5,0 % va 95,0 % ni tashkil etdi.
25/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasida 2016- yildan 2020- yilgacha mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari joylari soni soni 1,3 barobarga ko‘payib, 2020- yilda 50,4 mingtani tashkil etdi.
25/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Rspublikasida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 80,1 % ni tashkil etdi,
2020- yil yakunlariga ko‘ra Respublika bo‘yicha atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalardan atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 924,4 ming tonnani tashkil etdi.
25/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2020- yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha sanoat tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati 34 241,3 mlrd.so‘mni tashkil etdi
25/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati 135,2 % ga o‘sib, Xorazm viloyatida kuzatildi.
883-sahifa 1015 dan


