Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
27/07/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlarining YaIMdagi ulushi 53,0 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 16,7 birlikni tashkil qildi.
27/07/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 27- iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2021- yil II chorak yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, qo‘mitaning tarmoq va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.
2021- yil yanvar-iyun oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 9 175,4 ming so‘mni (yoki 871,8 AQSh dollari ekvivalentida) tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 4,2 % ga o‘sdi.
2021- yilning yanvar-iyun oylarida Respublika bo‘yicha YaIMning shakllanishida Toshkent shahri 17,5 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, respublikamizda 390,7 ming tug‘ilish qayd etilgan.
Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 1855 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga respublikaning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda:
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2021- yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 230,9 trln. so‘mni tashkil etdi.
26/07/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 19-24- iyul kunlari Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi tomonidan shahar va tumanlarda Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha tadbir o‘tkazildi.
2020- yilda tayanch doktorantura institutlarida tahsil oluvchilar 2674 nafarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 427 taga (19,0 %) ko‘paygan.
26/07/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,9 mln. kishini tashkil etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2021- yil 1- iyul holatiga ko‘ra 34 860,2 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 301,3 ming kishiga yoki 0,9 % ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 17 664,8 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,7 %), qishloq aholisi soni 17 195,4 ming kishi (49,3 %)ni tashkil etdi.
24/07/2021 • Qo`mita yangiliklari
O‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori darajasi moliyaviy va sug‘urta iqtisodiy faoliyatida 7 111,0 ming so‘m, yoki respublika ko‘rsatkichidan 2,4 barobar yuqori ekanligi, aksincha eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatida
2 049,0 ming so‘m, yoki respublika o‘rtacha oylik ish haqidan 69,0 foizga kam ekanligi kuzatildi.
24/07/2021 • Qo`mita yangiliklari
Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2021– yilning yanvar – iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 116 618,2 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 113 148,5 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 2 887,3 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 582,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
24/07/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,
24/07/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.
935-sahifa 1015 dan


