Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 189,6 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 159,1 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2022- yil 1- noyabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxonalar soni - mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) lar hissasiga to‘g‘ri kelib, so’nggi besh yilda ularning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:

 Mehmonxonada yashash narxi o'rtacha bir oy ichida 4,7 foizga oshdi. Umuman olganda, joriy yilning 10 oyida mehmonxona xizmatlari 13,9 foizga oshdi.

Xorazm viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 3265,6 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,1 % ini tashkil qildi.  Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi tegishli davrda:

2022- yilning 14-16- noyabr kunlari Belgiyaning Brussel shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi tomonidan “Moliyaviy hisoblar” mavzusida seminar tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida  norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 19,2 foizni yoki 18097,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,0 foizga yetdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida umumiy maydoni 10 655,6 ming kv.m turar joy ishga tushirilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 109,4 % ni tashkil etdi, ulardan 96,5 % i yoki 10 278,9 ming kv.m turar joylar yakka tartibda qurilgan bo‘lib, 217,3 ming kv.m yoki 2,0 % i namunaviy loyihalar asosida qurilgan turar joylar, 159,4 ming kv.m yoki 1,5 % boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishga tushirilgan turar joylarni tashkil etdi.

Oʻzbekistonga yanvar-oktabr oyida eng koʻp turistik maqsadda tashrif buyurgan davlatlarning fuqarolari:

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatning mehnat koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 9 720,7 ming so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 108,5% ni tashkil etdi.

Sizni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2022- yil 23- noyabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston Respublikasi Milliy matbuot markazida “Bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholash maqsadida oʻtkazilgan Multiindikator klaster kuzatuvlarining ahamiyati” mavzusida tashkil etiladigan matbuot anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz!

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 5 452,2 ming tonnani tashkil etdi. Ulardan 5 277,4 ming tonna yuk temir yoʻl transporti orqali (jami yuk hajmiga nisbatan 96,8 %), avtomobil transporti orqali esa 174,8 ming tonna yuk tashilgan (jamiga nisbatan 3,2 %).

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 380,6 ming tonna koʻmir ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 105,4 % ni tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonga 112,3 ming tonna banan import qilingan.

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2022- yil 1-noyabr holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,3 foiz ulushini tashkil etdi.

Farg‘ona viloyatida  2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 5323,6 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,8 % ini tashkil qildi.  

 2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi 17 652,4 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 % ga o‘sdi.