Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra Farg‘ona viloyatida bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi – 5,5%, ikki kishilik – 8,0%, uch kishilik – 12,1%, to‘rt kishilik -19,3%, besh kishilik – 23,2% hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 31,9%ni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentabrdagi 539-son qarori bilan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat xizmatini ko‘rsatish sohasida bir qator yangiliklar joriy etildi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 13 ta davlatga qiymati 22 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlari hajmi 4 646,3 mlrd. so‘mni, 2021- yilga nisbatan o‘sish sur’ati esa 113,5 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 6 901,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi.

Ayni paytda registratorlar tomonidan oʻrganilgan mahalla xaritalari hududiy  kadastr boʻlimlari tomonidan qayta ishlanmoqda.

2022-yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 48,1 ming tonna uzum yetishtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 79,1 tonna daftar ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 168,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan.

2022- yil sentabr oyida meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlaridan limon o'tgan oyga nisbatan 8,0 foizga arzonlashdi.

Farg‘ona viloyatida 2022- yilning yanvar-iyunida  kichik tadbirkorlik (biznes)  subyektlarining YAHMdagi ulushi 67,0 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 3,6 % punktga ko‘paydi va 22,6 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatida 3810,3 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmining 36,4 %i xorijiy investitsiya va kreditlari hisobidan amalga oshirilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,7 % ni tashkil qilgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra,  Oʻzbekiston Respublikasida namoyish etilgan konsertlar soni 3759 ta boʻlib, shundan 849 tasi qishloq aholisi uchun namoyish etilgan konsertlardir.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra Toshkent shahrida bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi – 6,1%, ikki kishilik – 12,1%, uch kishilik – 11,3%, to‘rt kishilik -15,6%, besh kishilik – 19,0% hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 35,9%ni tashkil etmoqda.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlari orasida joriy yilning sentyabr oyida bir oy ichida narxlarning o'sishi bo'yicha yetakchi pomidor bo'lib, 2022- yilning avgustiga nisbatan 36,0 foizga oshdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 20 ta xorijiy davlatga qiymati 187 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 177 ming tonna polietilen eksport qilgan.

2022- yil yanvar-avgust oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlar hajmi 108 895,8 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 49,1 % ini tashkil etdi.