Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-avgust oylarida bino va inshootlarni qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarin hajmining yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida kuzatildi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra Sirdaryo viloyatida bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi – 0,9%, ikki kishilik – 5,8%, uch kishilik – 8,8%, to‘rt kishilik -17,2%, besh kishilik – 24,3% hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 43,0%ni tashkil etmoqda.

Surxondaryo viloyatida 2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAHMdagi ulushi 75,8 % ni tashkil etdi.

2022-yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 1 617,0 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.

Kontent va ommaviy axborot vositalari sektorining umumiy hajmida eng ko'p ulushni dasturlar tuzish va teleradioeshittirishlar bo‘yicha xizmatlar – 39,6 %, boshqa axborot xizmatlari – 28,2 %, shuningdek, kitoblar, davriy nashrlar nashr qilish bo‘yicha xizmatlar va boshqa noshirlik xizmatlari – 22,4 % egallaydi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 3-dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilingan edi.

2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni (14 706 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida ishlab chiqarish sanoati yetakchilik qilmoqda.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida bino va inshootlarni qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’ati Jizzax viloyati (2021- yilga nisbatan 130,8 %), Navoiy viloyati (2021- yilga nisbatan 118,8 %), Surxondaryo viloyati (2021- yiliga nisbatan 113,6 %) va Toshkent sh. (2021- yiliga nisbatan 111,8 %)ga to‘g‘ri keldi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra Surxondaryo viloyatida bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi - 1,0 %, ikki kishilik – 3,6 %, uch kishilik - 9,9 %, to‘rt kishilik -17,6 %, besh kishilik - 26,0 % hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 41,9 %ni tashkil etmoqda.

2022- yil yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 7 821,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Xorazm viloyatida 2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAHMdagi ulushi 68,8 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 229,8 ming tonna poliz ekinlari yetishtirilgan.

2022- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 1 393,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-avgust oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 3 059,6 mlrd. so‘m darajasida qayd etilgan. Nisbatan kam hajm Sirdaryo viloyatida qayd etilgan – 86,0 mlrd. so‘m.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 61 235 tani tashkil etgan bo‘lib,

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida tog‘- kon sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tarmoqda jami moliyalashtirish manbalari hisobidan – 2158,7 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 29,3 % o‘zlashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda “O‘zbekiston” radiokanali hamkorligida o‘zbek tilining tarixi, go‘zalligi va boyligini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbek tilim – g‘ururim” deb nomlangan radioviktorina tashkil qilindi!