Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-iyun holatiga koʻra, respublikamizda 70,5 ming tugʻilish qayd etilgan.

2022- yilning may oyida banan narxi 2021-yilning may oyiga nisbatan 7,4 % ga arzonroq boʻlgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-martida  kichik tadbirkorlik (biznes)da sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 24586,1 milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105,2 %ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Andijon viloyatida 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan  uy xo‘jaliklari 77,7 %ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda faoliyat koʻrsatgan teatrlar soni 50 tani tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 4 604,6 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,7 % ga o‘sdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to‘g‘ri keldi va 43,2 % ga yetdi:

Oʻzbekistonga 2022- yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 9,0 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 22,4 ming tonna olma mevasi import qilingan.

Joriy yilning dastlabki besh oyida oʻtkazilgan kuzatuvlar natijalariga koʻra, pullik taʼlim sohasida narxlarning eng yuqori oʻsish surʼati 2022-yilning may oyida (1,3 %), yil boshidan (3,6 %) va yillik nisbatda (13,3 %) ham chet tili va shu kabi boshqa oʻquv kurslari xizmatlarida qayd etildi.

2022- yilning 1- iyun holatiga Respublikamizda jami 45 185 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 890 taga ko‘paydi. Bundan tashqari shu yilning yanvar - may oylarida 2 236 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

2022-yilning yanvar-may oylarida respublikamizda 338 636 nafar chaqaloq tugʻilganligi qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-mart oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 73,4 % ni tashkil etdi, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi eng ko‘p bo‘lib,  89,7 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 21,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 109,9 ming dona kir yuvish mashinasi import qilingan.

 2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, jismoniy shaxslarga tegishli 3 268 470 dona avtotransport vositalari roʻyxatga olingan boʻlsa, shulardan yengil avtomobillar soni 3 051 734 dona (jami avtomobillar soniga nisbatan ulushi 93,4 %), yuk avtomobillari 195 784 dona (6,0 %), avtobuslar va mikroavtobuslar 15 800 dona (0,5 %), hamda maxsus avtotransport 5 152 dona (0,1 %) roʻyxatga olingan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2020-yil yakunlariga koʻra jami 35,6 mln m² gilam ishlab chiqarilgan boʻlib, gilam ishlab chiqarish boʻyicha, Respublikada soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori natija Samarqand viloyatida qayd etilgan.

2022- yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli 15 800 dona avtobus va mikroavtobuslar roʻyxatga olingan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 571 donaga koʻpaygan (+11 %).

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-martida  kichik tadbirkorlik (biznes)da qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi  umumiy hajmiga nisbatan ulushi 97,1% ni tashkil etdi.