Qo`mita yangiliklari

2022-yilning may oyida Navoiy (-12,2), Samarqand (-2,0 %) va Fargʻona (-1,8 %) viloyatlarida haydovchilikka tayyorlash kurslari xizmatlari uchun toʻlovlar arzonlashdi.

Respublika boʻyicha 15-49 yoshdagi 1000 nafar ayollardan oʻrtacha 4 nafarida homiladorlikni toʻxtatish holatlari qayd etilgan boʻlib bu koʻrsatkich 2017-yilda 5 nafarni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-may oyida respublika boʻyicha 338 636 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, uy xo‘jaliklari a’zolari jismoniy mashqlar bilan bir kunda bir soatdan kam shug‘ullanuvchilar ulushi 71,0 %ni tashkil etdi, bir soat shug‘ullanuvchilar – 19,5 %ni, bir soatdan ortiq shug’ullanuvchilar esa – 9,5 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda reproduktiv yoshdagi ayollar oʻrtasida homiladorlikni toʻxtatish asosan 20-34 yoshdagi ayollarga toʻgʻri kelib jami abortlarni 83,8 %ni tashkil etadi.

 Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, haftada bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan uy xo‘jaliklari a’zolarining ulushi 34,1 %ni tashkil etdi, haftasiga ikki marta shug’ullanuvchilar 43,1 %ni, haftada uch marta yoki undan ko‘proq shug’ullanuvchilar 22,8 %ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-may oylarida jami yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 42 652 ta bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda Davlat statistika qo‘mitasi tizimida gender tengligini ta’minlash maqsadida qo’mita markaziy apparati xodimlari tomonidan Farg’ona va Surxondaryo viloyat statistika boshqarmalarida seminarlar tashkil etildi.

Joriy yilning 7-iyun kuni Davlat statistika qoʻmitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning  Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻiliston mamlakatlari uchun mintaqaviy salohiyatni oshirish markazi direktori Norbert Funke bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

2022- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog’iston Respublikasi aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 45,2 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar- may oylarida jami yangi tashkil etilgan korxonalar soni 42 652 tani tashkil etib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) quyidagicha shakllandi:

2022-yilning may oyida sabzavot mahsulotlari orasida bodring (-42,7 %), pomidor (-31,0), sarimsoq (-23,6 %), bulgʻor qalampir va karam (-20,9 % dan), baqlajon (-1,8 %) narxlari arzonlashdi.

2022- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 51,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 902 tani tashkil etgan. Joriy yilning yanvar- may oylarida ushbu sohada 737  ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 100,4 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

Joriy yilning may oyida benzin narxi 2021- yilning dekabriga nisbatan respublika boʻyicha oʻrtacha 4,1 % ga arzonlashgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2020-yil yakunlariga koʻra jami 10,3 ming tonna pishloq ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha, respublikada soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori natija Toshkent shahriga toʻgʻri kelmoqda.

2022- yilning yanvar-mart oylarida savdo tarmog’ida 11 112,7 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Toshkent shahri (33,6 %) eng katta hissa qo‘shdi.