Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar oyida Namangan viloyati bo‘yicha 244,1 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan 2 498 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023- yilning 1- mart holatiga O‘zbekiston Respublikasida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tshkilotlarning umumiy soni 37 267 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qulaylik va qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida, 2022-yil yakunlari uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2023-yilning 27-fevral kuniga qadar taqdim etiladigan 1-kb shakli (uning ilovalarini qoʻshgan holda) va 1-fx shakli yillik statistika hisobotlari 3-mart sanasiga qadar uzaytirildi.

2023-yilning yanvar oyi natijalariga asosan, Toshkent shahri boʻyicha jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 11,5 trln. soʻmni tashkil etib, shulardan 56,6 % ulushi moliyaviy (4,0 trln. soʻm) hamda savdo (2,5 trln. soʻm) xizmatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YAHM hajmi 66 685,4 mlrd. so‘mga yetdi va o‘sish 5,5 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida Sirdaryo viloyatining qishloq xoʻjaligi mahsuloti umumiy hajmi 11 465,3 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 440,5 ming juft kalish ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-fevral oyida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 346 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etgan.

Joriy yilning fevral oyida oʻsimlik yogʻlari narxida pasayish kuzatildi. Respublika boʻyicha ularning narxlari oʻrtacha 1,6 % ga, shu jumladan, paxta yogʻi 1,9 % ga, kungaboqar yogʻi 1,3 % ga arzonlashdi.

2022- yilda  Toshkent shahrida kichik tadbirkorlikda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 38904,8 milliard so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Buxoro viloyatida bo‘yicha jami 3346,5 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsilar o‘zlashtirildi.

2023-yilning yanvar oyida Navoiy viloyati bo‘yicha 176,8 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2023-yilning yanvar oyi yakuniga koʻra, sugʻurta xizmatlari hajmi 361,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 115,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 923,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 10,3 % ga o‘sdi.