Qo`mita yangiliklari

2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni jami 194 tani tashkil etdi, ushbu koʻrsatkich 2018/2019- oʻquv yili boshiga nisbatan 136 taga koʻpaygan.

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra Namangan viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 75,8 %ni tashkil etadi.

Joriy yilning 10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

2023- yil 10-mart kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

2023- yil yanvar-fevral oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 884 taga ko‘payganligini ko‘rish mumkin.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 14 359,1 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,3 % ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha 141 090 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 93,5 tonna yumshoq pishloq ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 53,8 % ga oshgan.

2023- yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami 37 267 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, ulardan 849 tasi joriy yilning yanvar-fevral oylarida yangi tashkil etildi.

Joriy yilning fevral oyida limon narxi 2022-yilning fevralidagi narxga nisbatan 24,5 % ga arzon boʻldi.

O‘zbekiston  Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabrida avtomobil transportida yuk tashish 588,1 mln. t.ni tashkil qildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatida 7,5 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023 yilning 1-yanvar holatiga Fargʻona viloyatidagi maktablarda 690 313 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 70,1 %ni tashkil etadi.

2023-yilning fevral oyida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha 64 879 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha moliyaviy xizmatlar sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmining oʻsish surʼati 117,3 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) hajmi 8,6 % ga o‘sdi.

2022-yilning yanvar - dekabr oylarida Xorazm viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 24 610,4 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil qildi.