Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar - dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining jami qurilish ishlaridagi ulushi 69,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 9- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv tashkil etildi.

2023- yilning yanvarida nok narxlari 2022-yilning yanvariga nisbatan 17,6 % ga past boʻldi.

2023- yilning 1-fevral holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 442 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar oyida bu sohada 118  ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi .

2022- yilning yanvar-dekabr oylari davomida respublika boʻyicha taʼlim sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 15,4 trln. soʻmni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YAHM hajmi joriy narxlarda 54 464,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 8,6 % ga o‘sdi.

Soʻnggi 5 yilda savdo sohasida jami 156 069 ta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilgan.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish hissasiga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan 97,0 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning Respublika bo‘yicha jami investitsiyalardagi ulushi 36,0 % ni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 104,3 % ni tashkil etdi.

2022-yilda Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el  fuqarolar soni jami 5 232,8 ming nafarni tashkil etgan.

2023- yilning 1-yanvar holatiga Fargʻona viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra (12 oy davomida), Andijon viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 15,7 mln. so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 109,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida sogʻliqni saqlash sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 6 384,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 44,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 28 367,4 ming juft poyabzal eksport qilgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlashda 42 833,2 mlrd. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Joriy yilning 9- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2023- yilning 23- yanvar – 3- fevral kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Birlashgan Vena instituti tomonidan “Milliy hisoblar statistikasi” mavzusida o‘tkazilgan seminar natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Respublikamizda 2022- yilda 90 565 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. So’nggi besh yilning mos davrida esa, qancha yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilganini  quyidagida ko‘rishimiz mumkin:

Open Data Week Uzbekistan – 2022” Ochiq ma’lumotlar haftaligi doirasida turli tabirlar bo‘lib o‘tdi.