Qo`mita yangiliklari

2023- yilning yanvarida limon narxlari 2022- yilning yanvariga nisbatan 26,3 % ga past boʻldi.

Soʻnggi 5 yilda sanoat sohasida jami 84 830 ta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilib, bu esa oxirgi 5 yil davomida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning aynan 20,0 % i shu sohada tashkil etilayotganligini bildiradi.

2022- yilning yanvar - dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha, bino va inshootlar qurilishi ishlarining ulushi 68,4 % ni (o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 104,4 %), fuqarolik ob’ektlari qurilishi - 21,5 % (102,7 %) va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari - 10,1 % (138,2 %)ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida tijorat bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘lari hisobidan 21,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning jami investitsiyalardagi ulushi 7,8 % ni tashkil etdi.

2022-yilda jami 5 163,2 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan, shundan, 2 707,8 ming nafarini (jamiga nisbatan 52,4 %) erkaklar va 2 455,4 ming nafarini (jamiga nisbatan 47,6 %) ayollar tashkil etdi.

2023- yilning 1-yanvar holatiga Toshkent viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra (12 oy davomida), Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 13,3 mln. so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 105,2 %ni tashkil etdi.

  2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra (12 oy davomida), O‘zbekiston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 17,8 mln. so‘mni,  real o‘sish sur’ati esa 107,5 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha transport sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 81,0 trln. soʻmni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 112,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 8- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- FX” yillik statistika hisobotini topshiruvchi fermer xoʻjaliklariga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqot tashkil etildi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 9,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 733,3 tonna parfyumeriya vositalari import qilingan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra Toshkent shahrining aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 50 675,3 ming so‘mni tashkil etdi va 2018- yilga nisbatan 18,9 % ga o‘sdi.

Mamlakatimizda 2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari jami soni 527 222 taga yetdi va so’nggi besh yilda ularning usish sur’ati quyidagicha aks etdi:

2023- yilning yanvarida mosh narxlari 2022-yilning dekabriga nisbatan 1,1 % ga arzonlashdi.

Soʻnggi 5 yilda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida jami 51 725 ta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilib, bu esa oxirgi 5 yil davomida yangi yaratilgan kichik korxona va mikrofirmalarning aynan 12,2 % i shu sohada tashkil etilayotganligini anglatadi.

2022-yil yanvar-dekabr oylarida yangi obyektlarni yaratishga qaratilgan qurilish ishlarining eng koʻp hajmi Toshkent shahrida qayd etildi va ularning hajmi 18,9 trln. soʻmni tashkil etdi. Shuningdek, ularning jami qurilish ishlaridagi ulushi 21,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 131,0 trln. so‘mni tashkil etib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalardagi ulushi 48,6 % ni tashkil etdi.