Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 6-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- KB” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 177,4 ming tonna baliq ovlangan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 028,0 tonna tvorog ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 2,7 martani tashkil etdi. Shundan 85,3 tonna tvorog dekabr oyida ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2022- yilda, sanoat sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 16 201 tani tashkil etdi va ularning so‘nggi besh yildagi dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

2022- yilning yanvar oyida kungaboqar yogʻi ketma-ket toʻrtinchi oy arzonlashishda davom etdi.

2018-yil 1-yanvar holatiga kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz)  soni 229 666 tani tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilga kelib, bu koʻrsatkich 523 556 taga yetgan.

2023- yilning 1-yanvar holatiga Navoiy viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 58,1 %,  transfertlardan olingan daromadlar 34,4 % hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 7,5 % tashkil etadi.

Joriy yilning 6- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- FX” yillik statistika hisobotini topshiruvchi fermer xoʻjaliklariga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqot tashkil etildi.

2023- yilning 1-yanvar holatiga dastlabki maʼlumotlarga koʻra, jami mobil aloqa abonentlar soni 31 981,9 ming birlikni, shu jumladan, aholida 26 960,7 ming birlikni tashkil etmoqda. Aholining mobil aloqa bilan taʼminlanganligi darajasi har 100 kishi hisobiga 75 birlikni tashkil etdi.

2022- yilda Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 15,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 63,6 ming tonna mandarin import qilgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 41,5 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 11 163,0 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 102,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 001,4 ming dona yengil avtomobillar uchun shinalar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 4,1 martani tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yilda axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 2 631 ta bo‘lib, ular 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan. Shunda so‘nggi besh yillikda ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalarning soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

2022- yilning yanvar oyida paxta yogʻi ketma-ket toʻrtinchi oy arzonlashishda davom etdi. 2022- yilning dekabr oyiga nisbatan ularning narxlari 0,5 % ga arzonlashgan.

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining (fermer va dehqon xoʻjaliklarini qoʻshgan holda) har 1000 aholiga nisbati 2017-yilda 12,2 birlikni tashkil qilgan boʻlsa, 2022-yilga kelib, bu koʻrsatkich  17,9 birlikka yetgan yoki 5,7 birlikka oshgan.

2022- yil 1- yanvar holatiga sohalar bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi falsafa doktorlari soni 3,1 ming nafarni tashkil etdi.