Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekistonda soʻnggi 10 yilda bajarilgan qurilish ishlari hajmi:

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Andijon viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 60,0 %, transfertlardan olingan daromadlar 35,6 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 4,4 % tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilda xorijdan qiymati 69,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2 180 dona elektromobil import qilgan.

Avtomobil toʻxtash joylari xizmatlari uchun 2022-yilning dekabr oyidagi toʻlovlar qiymati 2021-yilning dekabriga nisbatan 6,1 % ga baland boʻldi.

Fermer xoʻjaliklari tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha taqdim etiladigan “1- fx” yillik statistika hisobotini topshirishda fermer xoʻjaliklariga uslubiy koʻmak berish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan on-line muloqotlar tashkil etilmoqda.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 9 194,5 ming tonnani tashkil etdi.

2022- yilda sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 26,7 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida yangi obyektlarni yaratishga qaratilgan qurilish ishlarining eng ko‘p hajmi Toshkent shahrida qayd etildi va hajmi 18,9 trln. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 20,9 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021- yilga nisbatan 84,4 % ni tashkil etdi.

2022/2023- o‘quv yilida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha mulkchilik shaklidagi umumta’lim muassasalaridagi jami ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni 6461,7 ming nafarni tashkil etib, so‘nggi besh yil ichida 610,8 ming nafarga ko‘paygan.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 58,8 %, transfertlardan olingan daromadlar 34,4 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 6,8 % tashkil etdi.

2022-yilning dekabrida kompleks telekommunikatsiya xizmatlari narxlari bir oyda (noyabr oyiga nisbatan) 0,4 % ga arzonlashgan.

Yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,9 f.p. (2021- yilda – 1,0 f.p.), sanoat tarmog‘i – 1,3 f.p. (2021- yilda – 2,2 f.p.), qurilish tarmog‘i – 0,4 f.p. (2021- yilda – 0,4 f.p.) va хizmat ko‘rsatish tarmog‘i 3,2 f.p. (2021- yilda – 3,5 f.p.) ijobiy hissa qo‘shdi.

2022- yilning yanvar-dekabrida 90,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,8 % ga kam demakdir.

Shu yilning 27-yanvar kuni “Open Data Challenge” xakatoni boshlandi. Ushbu xakaton IT Park YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Virtual Group IT-kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi ko‘magida tashkil etildi

2022 - yil yanvar-dekabr oylari uchun o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichini shakllantirishda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlari hisobga olinmagan, chunki fermer xo‘jaliklari hamda kichik tadbirkorlik subyektlari yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilangan.